DIQQAT TENDER

Chop etish Sahifani ulashish
05.06.2026 2 Yangiliklar

Navoiy viloyati
Uzoq muddatli shartnoma asosida tenderlar
Tender bo'lib o'tish sanasi: 2026-yil 5-iyul, soat 12:00

Shahar atrofi yo'nalishi
▸ 223 — Qiziltepa shox bekati-Azizobot (Ikkala tomondan) (M1)
▸ 230 — Malika avtostantsiyasi-Paxtaovod (Ikkala tomondan) (M3)

DIQQAT TENDER

Shahar atrofi yo'nalishi bo'yicha ishlash huquqini olish uchun tender o'tkaziladi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, shahar atrofi yo'nalishi bo'yicha navbatdagi ochiq tender 2026-yil 5-iyul kuni soat 12:00 da bo'lib o'tadi.

Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi.

Tender takliflari axborot tizimi orqali 2026-yilning 4-iyul kuni soat 12:00 ga qadar qabul qilinadi.