E’LON

E’LON

Navoiy viloyati Transport boshqarmasida tadbirkorlik subyektlari murojaatlari bilan ishlash hamda ochiq muloqotni ta’minlash maqsadida har ish kuni soat 10:00 dan 13:00 ga qadar barcha darajadagi rahbarlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari uchun qabullar o‘tkaziladi.

Qabul davomida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammo va to‘siqlar, ruxsat berish, litsenziyalash, sertifikatlash hamda transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi xizmatlar bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqiladi.

Tadbirkorlar belgilangan vaqtda bevosita qabul joyiga kelib, o‘z murojaatlarini bildirishlari mumkin.

Manzil: Navoiy viloyati, Karmana tumani, A. Navoiy ko‘chasi, 15-uy

Telefon: 79-210-77-87

Rasmiy sayt: https://navoiy.mintrans.uz/

Sizning murojaatingiz — biz uchun muhim!