E’LON
2026-yil 5-may kuni soat 15:00 da O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri o‘rinbosari Abdugafarov Ilxomjon Abduxalilovichning Navoiy viloyatida navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tadi.
Mazkur sayyor qabul davomida transport sohasiga oid:
- mavjud muammolar,
- amaliy takliflar,
- murojaatlar va boshqa dolzarb masalalar muhokama qilinadi.
Transport sohasi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar vakillari, tadbirkorlar hamda ushbu yo‘nalishga qiziquvchi barcha fuqarolar taklif etiladi.
Manzil: Navoiy viloyati IIB JXX YHXB binosi
Navoiy viloyati Transport boshqarmasi Matbuot xizmati