Yangi yo'nalishda avtobus qatnovi

Chop etish Sahifani ulashish
04.08.2025 241 Yangiliklar

✅Navoiy viloyati markazi Navoiy shahrida tashkil etilgan SHY-2-sonli "Navoiyazot AJ-Sharq avtostansiyasi" avtobus yo'nalishi 30-iyul sanasidan o'z qatnovlarini boshladi.
Qatnov davomida yo'nalishdagi "Delfin" suzish havzasi, temir yo'l vokzalidan o'tgandan keying "SOY" ko'chasi hamda “Partiya burilish” bekatlarida to'xtamaganligi, shahrimiz aholisi va yo'lovchi fuqarolardan ko'plab e'tiroz va murojaatlarga sabab bo'ldi.

✅Shu munosabat bilan viloyat Transport boshqarmasi va boshqa tashkilotlar mas'ullari bilan birgalikda o'rganish ishlari olib borildi va 31-iyul sanasidan boshlab yuqorida qayd etilgan bekatlarda avtobuslar to'xtagan holda yo'lovchilarni tushirib va olib qatnovlarni amalga oshirmoqda.

✅Yo'lovchi fuqarolardan iltimos qilib qolgan holda avtobuslarni faqatgina avtobus oraliq bekatlarda va avtostansiyalarda kutishlarini so'rab qolamiz.

Bizni telegramda kuzatib boring!