Joriy yilning 7-8 avgust kunlari Moskva shahrida XIII Xalqaro Evroosiyo taksi forumi tashkil etiladi.
Forum 10 yildan ortiq vaqt davomida sohaga daxldor barcha uchun yetakchi yetakchi maydon hisoblanadi. U an'anaviy ravishda Rossiya Federatsiyasi Kengashi va Davlat dumasi, Rossiya Trasnport vazirligi, Rossiya Sanoat va savdo vazirligi, Evroosiyo iqtisodiy komissiyasi hamda tegishli federal va hududiy idoralar ko'magida va ishtiroki bilan o'tkaziladi. Tadbirda har yili 1500dan ortiq kishi ishtirok etadi.
Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Rustamovich Mahkamov ham ushbu forumda ishtirok etib O'zbekiston Respublikasida taksi tashuvlari hamda Shahar mobilligini rivojlantirishning o'ziga xos xususiyatlari haqida ma'ruza bilan chiqish qiladilar.
Bizni telegramda kuzatib boring!