NAVOIY VILOYATI TRANSPORT BOSHQARMASIDA YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Chop etish Sahifani ulashish
05.03.2026 4 Yangiliklar

✅O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Navoiy viloyati Transport boshqarmasi boshlig‘i Bek­tosh Ergashevich Raximov yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv o‘tkazdi.

✅Uchrashuv davomida transport sohasida faoliyat yuritayotgan hamda ushbu yo‘nalishga qiziqayotgan yoshlar bilan samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda transport tizimini rivojlantirish, jamoat transporti xizmatlarini yanada takomillashtirish, sohaga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

✅Shuningdek, yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha fikr almashildi. Uchrashuv davomida yoshlarning transport tizimidagi islohotlarda faol ishtirok etishi muhim ekani alohida ta’kidlandi.

✅Bunday uchrashuvlar yoshlarning fikr-mulohazalarini o‘rganish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda transport sohasida yangi g‘oya va loyihalarni ilgari surish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

✅Navoiy viloyati Transport boshqarmasi yoshlar bilan ochiq muloqot va hamkorlikni izchil davom ettiradi.