✅Joriy yilning 25-aprel sanasida Navoiy viloyati Transport boshqarmasida "Korrupsiyaga qarshi kurashish" bo'yicha yig'ilish bo`lib o'tdi, boshqarma boshlig‘i B.Raximov yig'ilishdagi masalalar yuzasidan boshqarmaning bosh yuristkonsulti B.Agzamovga so'z berdi.
✅“Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo‘lgan sovg‘a qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, nizomga ko‘ra davlat fuqarolik xizmatchisi O‘zbekistondan tashqaridagi xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar, O‘zbekistonda o‘tkaziladigan xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlarda sovg‘a olishi mumkin. O‘zbekistondagi boshqa xizmat safarlarida sovg‘a olish mumkin emas.
✅Shu bilan birga, boshqarma bo‘limlari xodimlarining odob-axloq qoidalariga amal qilishlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.
Bizni telegramda kuzatib boring!