“E-LOGISTIKA” RAQAMLI PLATFORMASI – YUK TASHISH SOHASIDA YANGI IMKONIYAT
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan yuk tashish va logistika xizmatlarini raqamlashtirish, sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish hamda logistika jarayonlarini shaffof va samarali tashkil etish maqsadida “E-Logistika” yagona elektron platformasi ishga tushirilgan.
Mazkur platforma orqali yuk jo‘natuvchilar, tashuvchilar, logistika kompaniyalari va ekspeditorlar o‘zaro onlayn tarzda hamkorlik qilish, yuk va transport vositalarini tez va qulay topish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Platforma manzili:
https://e-logistika.mintrans.uz/
“E-Logistika” platformasining asosiy imkoniyatlari:
• yuk tashish bo‘yicha e’lonlarni joylashtirish
• yuk va transport vositalarini onlayn izlash
• tashuvchilar va yuk jo‘natuvchilarni yagona raqamli maydonda bog‘lash
• logistika xizmatlarini tez va qulay tashkil qilish
• yuk tashish jarayonlarini raqamli tarzda boshqarish
Platforma yuk tashish xizmatlari bozori ishtirokchilari o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, logistika jarayonlarini optimallashtirish hamda tashish xizmatlari sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Shu munosabat bilan yuk tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar, logistika kompaniyalari va tashuvchilar “E-Logistika” platformasidan faol foydalanishga taklif etiladi.
Navoiy viloyati Transport boshqarmasi Matbuot xizmati