RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

Chop etish Sahifani ulashish
02.04.2026 3 Yangiliklar

✅ O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Navoiy viloyati Transport boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Islomov Ibrohim Anvarovich hamda Transport nazorati inspeksiyasining Navoiy viloyati bo‘limi boshlig‘i Urunov Dilmurod Normurodovich Karmana tumani 1-sonli texnikumida tahsil olayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv o‘tkazdi.

✅ Ma’lumki, 2026-yil 24-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, har haftaning payshanba kunini “Yoshlar kuni” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan Yoshlar bilan uchrashuv tashkil qilindi.

✅ Uchrashuv davomida transport sohasida faoliyat yuritayotgan hamda ushbu yo‘nalishga qiziqish bildirayotgan yoshlar bilan samimiy va ochiq suhbat bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish jarayonida transport tizimini rivojlantirish, jamoat transporti xizmatlarini yanada takomillashtirish, sohaga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda kelajakda malakali yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

✅Yoshlarning transport sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish muhimligini, sohada zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, shaffoflikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashishda yosh mutaxassislarning o‘rni beqiyosligini ta’kidlandi.

✅ Tadbir davomida talabalar tomonidan berilgan savollar atroflicha tinglanib, ularga mutasaddi rahbarlar tomonidan batafsil va ijobiy javoblar berildi. Shuningdek, yoshlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar ham alohida e’tibor bilan ko‘rib chiqildi hamda ularni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan fikr almashildi.

✅ Bunday uchrashuvlar yoshlarning fikr-mulohazalarini o‘rganish, yangi g‘oya va istiqbolli loyihalarni ilgari surish, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega.

✅ Navoiy viloyati Transport boshqarmasi hamda Transport Nazorat Inspeksiyasi Navoiy viloyati bo'limi tomonidan yoshlar bilan ochiq muloqot va samarali hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bunday uchrashuvlar izchil davom ettiriladi.