Navoiy viloyati Transport boshqarmasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
14.03.2026 2 Yangiliklar

Yurtimizda olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari doirasida Navoiy viloyati Transport boshqarmasi jamoasi tomonidan hududlarda tozalash va tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi.

Bugun boshqarma binosi atrofida tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borilib, hudud tartibga keltirildi, yashil maydonlar parvarish qilindi.

Shuningdek, Navbahor tumani Halovattepa mahallasi hududida daraxt ko‘chatlari ekilib, hududni ko‘kalamzorlashtirishga hissa qo‘shildi.

Mazkur tadbirlar atrof-muhitni asrash, hududlarni yanada obod qilish hamda ekologik muhitni yaxshilashga xizmat qiladi.

Obod hudud — farovon hayot garovi!

Navoiy viloyati Transport boshqarmasi Matbuot xizmati