Odil sudlovni mustaqil oshirish borasida yaratilayotgan imkoniyatlar.

Chop etish Sahifani ulashish
29.09.2026 4 Yangiliklar

Odil sudlovni mustaqil oshirish borasida

yaratilayotgan imkoniyatlar.

          O‘zbekistonda sud tizimini rivojlantirish jarayonida sudlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va sudlar faoliyatini moliyaviy ta’minlash masalalari ham sud-huquq islohotlarining tarkibiy qismi sifatida qaraladi.

         Shuning uchun sud mustaqilligini  ta’minlashda uchta o‘zaro bog‘liq kafolatni ajratish mumkin.

Shu sababli odil sudlovni takomillashtirish haqida gap ketganda, sudyalarning mustaqilligi bilan bir qatorda sudlarning moliyaviy ta’minlanganligi va sud tizimining moddiy-texnik mustaqilligi masalalariga ham alohida ahamiyat berish muhimdir.

2026 yil 11 sentyabr kuni qabul qilingan “Sud hokimiyati organlari faoliyatini moliyalashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni bilan sud hokimiyati organlari faoliyatini moliyalashtirish sohasidagi munosabatlar tartibga olindi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Sababi, mazkur qonun bilan sudlar faoliyati faqat Davlat byudjetidan moliyalashtiriladi. Navbatdagi moliya yili uchun ajratiladigan mablag‘lar o‘tgan yilda ajratilgan miqdordan kam bo‘lishi mumkin emas, shuningdek, byudjet daromadlari prognozining ijrosidan qat’i nazar, sudlar faoliyatini moliyalashtirish xarajatlari kamaytirilishi mumkin emas. Shu  bilan birga, byudjet loyihasini tayyorlashda sudyalar va sud apparati xodimlarining ish haqi, rag‘batlantiruvchi to‘lovlar, modddiy-texnika ta’minoti hamda ijtimoiy ta’minoti inobatga olinishi shartligi ko‘rsatildi.

Bundan tashqari, mazkur qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida” gi qonunining 90-moddasi yangi tahrirda bayon etilib, unga ko‘ra har bir sud alohida bino, qo‘riqlash va avtotransport bilan ta’minlanishi belgilandi.

Xulosa o‘rnida aytish joizki, ushbu qonundan ko‘zlangan asosiy maqsad- bu sudlar o‘z vazifalarini to‘laqonli bajarishi uchun zarur mablag‘larni kafolatlash bilan birga, sudlarning moliyaviy masalalarda boshqa hokimiyat organlariga asossiz qaram bo‘lishini to‘liq oldini olishdan iboratdir.

 

N.Umarov

Navoiy viloyat sudi sudyasi

 

Sh.Qodirov

Navoiy viloyat sudi sudyasi