⚫️Ayni chog‘da Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari Akbar Niyozov boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 11 fevraldagi PQ-58-son qarori ijrosini taʼminlash doirasida mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
⚫️Yig‘ilishda Transport vazirligi bosh mutaxassisi Shavkat Norqulov, Transport universiteti vakili, PhD Umidulla Abdurazzoqov, Zarafshon shahri hokimi Nazirbek Raxmanov, viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Ozod Shodiyev,viloyat transport boshqarmasi boshlig‘i Bektosh Raximov ishtirok etdi.
⚫️Mazkur yig‘ilishda Zarafshon shahrida jamoat transporti xizmatini arzon va sifatli tashkil etish, aholiga qulay transport tizimini shakllantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
⚫️Jumladan, avtobus va mikroavtobuslar xarid qilish, jamoat transporti yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqish, shaharning matematik transport modelini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
⚫️transport modelini ishlab chiqish jarayoniga Transport universiteti hamda xorijiy mutaxassislarni jalb qilish orqali ilmiy asoslangan yondashuvlarni joriy etish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
⚫️Yig‘ilish yakunida mazkur qaror ijrosini taʼminlash, Zarafshon shahrida zamonaviy va samarali jamoat transporti tizimini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Navoiy viloyati Transport boshqarmasi matbuot xizmati