O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi Navoiy viloyati hududiy bo‘limi, Ijtimoiy inspeksiyaning viloyat boshqarmasi, hamda Transport nazorati inspeksiyasi Navoiy viloyati hududiy bo‘limi hamkorligida nogironligi bor shaxslar uchun jamoat transporti va transport infratuzilmalarida to‘siqsiz harakatlanish uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish maqsadida monitoring o'tkazildi
Monitoring Navoiy shahridagi “Islom Karimov” ko‘chasi hamda Gul bozor bekati orqali harakatlanuvchi jamoat transporti yo‘nalishlarida amalga oshirildi. Unda aholining kam harakatlanuvchi qismi va nogironligi bor shaxslar uchun yaratilgan imkoniyatlar atroflicha tahlil qilindi.
Xususan, jamoat transportiga chiqish va tushish sharoitlari, transport vositalarida yaratilgan qulayliklar, sanitariya-gigiena qoidalariga rioya etilishi, maxsus o‘rindiqlar mavjudligi, audio eshittirish moslamalarining borligi va soz holati o‘rganildi.